O'zbekiston

Islom sivilizatsiya markazi va “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi ko‘zda tutilgan.

Islom sivilizatsiya markazi va “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

4 aprel kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi “Manara” Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda “Muloqot, hamjihatlik va istiqbol” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Tadbirni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochdi.

 

Davra suhbatida “Manara” markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

 

"Ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalari ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi islom olami uchun juda katta voqelik bo‘ldi. Bu muhim tashabbus O‘zbekistonni yana-da dunyoga tanitadi, ko‘plab olimlar, mehmonlar va ilm ahlini bir yerga to‘playdi. Markazning ochilishi mamlakat taraqqiyoti va yana-da barqaror rivojlanishi uchun tamal tosh vazifasini o‘taydi, deb o‘ylayman."

 

"Hurmatli Prezidentimiz bugungi kunda markazimizning ikkinchi qavatiga xorijiy hamkorlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar ofislarini joylashtirish bo‘yicha alohida topshiriq berdilar. Markaz binosida xorijiy tashkilotlar vakillari mahalliy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari mumkin.

 

Bugungi tadbir doirasida biz Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan “Manara” markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolayapmiz. Memorandumga asosan, yaqin kelajakda “Manara” markazi filiali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosida o‘z faoliyatini boshlaydi", dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

 

Maʼlumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Muzeyga tashrif buyuradigan mehmonlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish maqsadida markazning bir guruh ilmiy xodimlari BAAda malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu jarayon “Manara” markazi rahbariyati taklifi asosida amalga oshiriladi.

 

Tadbir yakunida Islom sivilizatsiyasi markazi Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi shahrida joylashgan “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi markaz binosida “Manara” markazining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashindi.

 

Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro mavqeini yana-da oshirishga hissa qo‘shadi.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Islom sivilizatsiya markazi va “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi | Zamon.uz