O'zbekiston

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Bungacha u O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari edi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

7 aprel kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi.

 

Viloyat hokimi o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, byudjet tushumlarini ta’minlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda ekanligi qayd etildi.

 

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Do‘stbekov Shuhrat Begimqulovich yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

 

Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich nomzodini tavsiya qildi.

 

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi | Zamon.uz