O'zbekiston

Qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarish sexlari fosh etildi

Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarish sexlari fosh etildi

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy ravishda yog‘ ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar chog‘ida qo‘lbola usulda mahsulot tayyorlanayotgani maʼlum bo‘ldi.

 

Surxondaryoda “B.” MCHJ rahbari o‘z xonadonida yashirin sex tashkil etib, chigitdan yog‘ tayyorlayotgani fosh etildi. Uning uyidan 2,6 tonna chigit, 2 tonna yog‘, 40 litrlik idishlar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Qashqadaryoda esa Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaroning xonadonida ham shunday qonunbuzarlik aniqlandi. U juvoz uskunasida 114 litr yog‘ va 262 kg chigit tayyorlagan. Shuningdek, 3 ta dvigatel, 5 ta 200 litrlik idish va boshqa uskunalar musodara qilindi.

 

Har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarish sexlari fosh etildi | Zamon.uz