Toshkentda do‘kon yonib ketdi
Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

8-aprel kuni ertalab soat 07:44 da Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Saqichmon ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Voqea joyiga atigi uch daqiqada yetib kelgan yong‘in-qutqaruvchilarga olovni 10 daqiqa ichida, soat 07:57 da to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda yong‘in sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







