O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev renovatsiyaning tartib-tamoyillari bilan tanishdi

Yaqin yillarda aholimiz soni 40 million nafarga yetishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev renovatsiyaning tartib-tamoyillari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

So‘nggi sakkiz yilda mamlakatimiz aholisi 6 millionga ko‘paydi. Shu davrda yarim millionga yaqin xonadonlar barpo etildi. Jumladan, o‘tgan yili 100 ming xonadondan iborat ko‘p qavatli uy qurilgan bo‘lsa, bu yil yana-da ko‘p – 130 mingdan ortiq xonadon reja qilingan.

 

Yaqin yillarda aholimiz soni 40 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bunday o‘sishda yiliga 140-150 ming xonadonga talab paydo bo‘ladi. Bu har yili qo‘shimcha 2 ming gektar yer kerak, degani. Lekin yer maydonlari ham cheklangan.

 

Bunday holatda renovatsiya dasturi qo‘l keladi. Masalan, respublikada 17 mingta 2-3 qavatli eski uylar bor. Ulardagi sharoit, muhit bugungi zamonga munosib emas. Elektr, gaz, suv va boshqa infratuzilmalar eskirgan, ko‘plarida oqova tarmog‘i ham yo‘q. 

 

Shularning o‘rnida zamonaviy uylar qurilsa, hozirgidan 3 barobar ko‘p aholi joylashadi. Asosiysi, xonadonlarda yangi kommunikatsiya, issiq va sovuq suv, oqova tarmog‘i bo‘ladi. Odamlar ozoda, shinam va fayzli sharoitlarda yashaydi. Bu orqali minglab oilalarning turmush darajasi o‘sadi, muhimi, ular ushbu sharoitlarni ilk bor o‘zlari o‘sib-ulg‘aygan joyda his etishni boshlaydi.

 

Yana bir muhim tomoni – energiya tejamkorlik masalasi. Turar joylar yaxlit bo‘lsa, infratuzilma tarmoqlari, energiya kam sarflanadi.

 

Hozirgacha bu borada yagona hujjat yo‘q edi. Shu bois, xorijiy tajriba asosida, “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

 

Taqdimotda renovatsiya tizimining huquqiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlari ko‘rib chiqildi.

 

Bunday dasturlar 3 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Avval, shahar va tumanlarda renovatsiyaga mos hudud tanlanib, loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarga yangi uy yoki kompensatsiyalar taklif qilinadi. Barcha mulkdorlar bilan kelishuvlar yakkama-yakka, notarial tartibda tasdiqlanadi. Loyihalar uchun har bir hududda renovatsiya jamg‘armalari tashkil etiladi.  

 

 Ikkinchi bosqichda renovatsiya dasturi hududiy va respublika kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qurilish tashkiloti aniqlanadi. Uchinchi bosqichda uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi.

 

Renovatsiyaga tushgan hududning iqtisodiy salohiyati ham oshadi. Yangi uylarning 1-2-qavatlarida savdo, xizmat kursatish va kichik ishlab chiqarishlar bo‘ladi. Shuningdek, bu tizim orqali 20 ming gektar yer tejalishi hisob-kitob qilingan.

 

Xususan, birinchi bosqichda renovatsiya asosida 20 ming xonadon qurilishi mo‘ljallangan. 

 

Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni, avvalo, u yerda yashovchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, tizimli va adolatli amalga oshirish zarurligini taʼkidladi. Shu maqsadda mutasaddilar, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari renovatsiya tartib-qoidalari va ishni to‘g‘ri tashkil qilish choralari bo‘yicha qo‘shimcha o‘qitilishi aytildi.

 

Renovatsiya hududlarini infratuzilma bilan taʼminlash, developer va quruvchi tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. 

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Viloyatda piyozning chakana narxi kilogrammi uchun 4 000–4 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

10 turdagi pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi.

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun yangi javobgarlik choralari belgilandi.

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

5 ming dollar evaziga “Umra” va’dasi: Samarqandda firma xodimi ushlandi

Firma tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.