Jahon

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda energetik ichimliklar ishlab chiqarish va import qilishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. U Vazirlar Mahkamasiga bir oy ichida ushbu masalani o‘rganish, olti oy ichida esa qonunchilik doirasida tegishli tartibga solish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Japarov bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, o'tkazilgan tahlillarga ko'ra, 2025-yilda Qirg‘izistonda energetik ichimliklar ichki iste’moli 54 million 199 ming litrni yoki taxminan 129 million bankani tashkil etgan. 2026-yilning birinchi yarmida esa iste’mol hajmi 36 million 83 ming litrga, ya’ni qariyb 85,9 million bankaga yetgan.

 

2025-yilda mamlakatda 25 million 263 ming litr energetik ichimlik ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlardan 28 million 430 ming litr, boshqa mamlakatlardan esa 1 million 239 ming litr mahsulot import qilingan.

 

Japarovning ta’kidlashicha, energetik ichimliklarni iste’mol qilish asta-sekin o‘rganib qolishga olib kelishi va odatga aylanishi mumkin. Shu sababli u kasalliklar oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga, ularning oldini olishga qaratilgan choralarni ham ko‘rish zarurligini bildirgan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, energetik ichimliklar ishlab chiqarish yoki import qilish taqiqlansa, Qirg‘iziston budjeti to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita soliqlardan taxminan 1,5 milliard som (17,15 million dollar) daromad yo‘qotishi mumkin.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.