O'zbekiston

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyati narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanishdi. U sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish va o‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash maqsadida muassasaga tashrif buyurganini bildirdi.

 

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, bemorlarni davolashda munosib sharoit va malakali tibbiy yordam bilan bir qatorda, samimiy munosabat va ruhiy qo‘llab-quvvatlash ham muhim ahamiyatga ega. Hech kim yordam so‘rashdan qo‘rqmasligi va o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak.

 

Saida Mirziyoyeva kasalliklarning oldini olish, davolash va reabilitatsiya jarayonlarini birlashtirgan, turli soha mutaxassislari hamkorlikda ishlaydigan tizim yaratish maqsad qilinganini qayd etdi.

 

Shuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya sohasini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Unda inson qadri va bemorlarning sog‘lom hayotga qaytishiga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalish bo‘ladi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Tezkor tadbirda qariyb 6 kilogramm giyohvandlik vositasi va ularni tayyorlash jihozlari olib qo‘yildi.

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan.

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida ishlovchi farroshlarning oylik maoshlari kechiktirilayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, aeroport va vokzallar atrofidagi xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turar joy massivlarini qurish topshirildi.