Jahon

Avstraliya yo'llarida noyob yo'l belgilari sinovdan o'tkazilmoqda

Kechasi porlaydigan ushbu belgilar sabab halokatlar kamayishi kutilmoqda.

Avstraliya yo'llarida noyob yo'l belgilari sinovdan o'tkazilmoqda

 

Avstraliyaning Viktoriya shtatida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan yangi turdagi yo‘l belgilari sinovdan o‘tkazilmoqda. Ular fotolyuminestsent qoplama bilan qoplangan bo‘lib, kechasi yoki past nurli sharoitlarda o‘z-o‘zidan porlaydi.

 

Ushbu innovatsion yondashuv mamlakat miqyosidagi keng ko‘lamli xavfsizlik dasturining bir qismi hisoblanadi. Rasmiylar bu loyiha uchun 245 million Avstraliya dollari ajratgan. Shundan to‘rt millioni yangi reflektorlar, LED yoritgichli piyodalar yo‘laklari va taktil plitkalarni joriy etishga sarflanmoqda.

 

E'tiborlisi shundaki, mavjud belgilarni to‘liq almashtirish shart emas – ular ustidan maxsus lyuminestsent qoplama surtilmoqda. Bu esa xarajatlarni kamaytirish bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni ham ta'minlaydi.

 

Sinov hududlarida olingan suratlar ushbu belgilar qorong‘uda qanday yorqin porlashini yaqqol namoyon etmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu texnologiya haydovchilar uchun yo‘llarni yanada aniqroq ko‘rish imkonini beradi va tungi avariyalar sonini kamaytiradi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.