Baxtiyor Saidov AQSH rasmiylari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazdi
Uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibi Marko Rubio hamda Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uols bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni taʼminlash kabi muhim masalalarni muhokama qilishdi.
Uchrashuvlar AQSH va O‘zbekiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.







