Jahon

Rossiyada kamida 155 nafar xitoylik jang qilmoqda

Pekin rasmiylari bu holatdan xabardor.

Rossiyada kamida 155 nafar xitoylik jang qilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiya tomonida kamida 155 nafar Xitoy fuqarosi Ukraina hududida urushayotganini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularda bu jangchilarning familiyalari va pasport ma'lumotlari mavjud. "Biz bu borada ma'lumot to‘playapmiz, ularning soni bundan yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin," — dedi Zelenskiy.

 

Prezidentning aytishicha, Rossiya Xitoy fuqarolarini TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali urushga jalb qilmoqda. Bu reklama materiallari Xitoy internet tarmoqlarida ochiq tarzda tarqatilmoqda va Pekin rasmiylari bu holat haqida xabardor.

 

Zelenskiyga ko‘ra, Xitoy fuqarolari Rossiyaga yetib borgach, 3-4 kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar, so‘ngra 1-2 oylik o‘quv markazlariga yuboriladi. Ular "Mir" to‘lov kartalarini olishadi va bu orqali o‘zlarining moliyaviy ishlarini amalga oshiradilar. 

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"