O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

 

O‘zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Toni Bler Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko‘lamini yuksak baholadi, ularni yana-da ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko‘magini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

 

Iqtisodiyot tarmoqlariga yirik strategik investorlarni jalb qilish, texnologik modernizatsiya, raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy etishni jadallashtirish, ustuvor sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamkorlikning boshqa asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

 

Taʼkidlash joizki, Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Toni Bler tomonidan 2016 yilda tashkil etilgan institut xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi. U turli mamlakatlarga barqaror va innovatsion rivojlanishning yangi modellarini ishlab chiqishda, iqlim o‘zgarishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda ko‘maklashadi.

custom img

Orol dengizining qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish ishlari boshlandi

Ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 730 ta texnika va mexanizmlar, 2 ta AN-2 samolyoti, 622 nafar o‘rmon xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar jalb etilgan.

custom img

Orolning qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish tadbirlari boshlandi

Ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 730 ta texnika va mexanizmlar, 2 ta AN-2 samolyoti, 622 nafar o‘rmon xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar jalb etilgan.

custom img

2026-yilda Qashqadaryoda kambag‘allik darajasi 3 foizga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish o‘tkazdi.

custom img

“Inspektorning boshiga yog‘och bo‘lagi bilan urgan”

Bosh prokuratura Farg‘onada suv ta’minoti xodimi kaltaklanishiga munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda “Gruziya madaniyati kunlari”: ikki davlat madaniy hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Tadbir O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish va san’at, teatr, kino hamda raqs yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida tashkil etildi.

custom img

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi

Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar idorasiga xabar berilgan.

custom img

Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga sport ozuqasi ko‘rinishida sintetik giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘ldi

Mazkur giyohvand moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs Bektemir tumanida qo‘lga olingan.

custom img

O‘zbekistonda havo sovishi ortidan metan zapravkalar ishi yana cheklanadi

10-mart, seshanba kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikadagi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"