O'zbekiston

Qashqadaryoda tarbiyachi bolaga tasodifan qaynagan suv to‘kib yubordi

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv boshlangan.

Qashqadaryoda tarbiyachi bolaga tasodifan qaynagan suv to‘kib yubordi

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi ayol tasodifan qaynagan suvni bolaga to‘kib yuborgan. Oqibatda bola tan jarohati olgan va zudlik bilan tez tibbiy yordamga yetkazilgan.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea tushlik vaqtida bolalarni ichkariga olib kirish jarayonida yuz bergan. Tarbiyachi Sh.Y. va tarbiyalanuvchi N.M. tasodifan to‘qnashib ketgan, natijada qaynoq suv bolaning peshona va chap yonoq qismiga to‘kilgan.

 

Bola darhol DMTT hamshirasi tomonidan birlamchi tibbiy yordam olgan va shundan so‘ng otasi chaqirilib, tez yordam mashinasida G‘uzor tuman tez tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Tibbiy muassasada kerakli choralar ko‘rilgan.

 

Tibbiyot birlashmasi ma’lumotiga ko‘ra, bola va uning otasi keyinroq shifoxonani o‘z xohishiga ko‘ra tark etgan. Bolaning sog‘lig‘i tezroq tiklanishi uchun DMTT tomonidan moliyaviy yordam ham ko‘rsatilgan.

 

Hozirda beparvolikda ayblanayotgan tashkilot xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Shuningdek, G‘uzor tuman prokuraturasi ham voqeani qonuniy tartibda o‘rganmoqda. Natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonotida “Pedagog sha’niga dog‘ tushirayotgan, o‘z vazifasiga loqaydlik bilan qarayotgan har qanday xatti-harakat keskin qoralanishi” aytib o‘tilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda tarbiyachi bolaga tasodifan qaynagan suv to‘kib yubordi | Zamon.uz