O'zbekiston

Toshkentda uka o‘gay akasi va kelnoyisini o‘ldirdi

Bunga otasidan qolgan uy-joy sabab bo'lgan.

Toshkentda uka o‘gay akasi va kelnoyisini o‘ldirdi

 

Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir bo‘lgan dahshatli qotillik jinoyati bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli yigit o‘zining o‘gay akasi va homilador kelnoyisini vahshiylarcha o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.

 

Jinoyatga marhumlarning otasi tomonidan qoldirilgan uy-joy mojarosi sabab bo‘lgan. Sud materiallariga ko‘ra, aka-ukalar o‘rtasida jiddiy tortishuv yuzaga kelgan va bu mojaro og‘ir oqibatlarga olib kelgan. Jinoyatchi birinchi bo‘lib akasini o‘ldirgan, so‘ngra esa uning rafiqasi — homilador ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

 

Marhumaning yaqinlari ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida, “Singlim homilador edi. Uni bo‘g‘ib o‘ldiribdi. Bu odamni maniyakka o‘xshataman. U umrboqiy qamoqqa olinishi kerak,” degan izohlarni berishdi.

 

Eng dahshatlisi shundaki, ukasi jinoyatini yashirishga urinib akasining jasadini bo‘laklab, shisha idishlarga solib, kanalga tashlab yuborgan. Homilador ayol esa bir hafta davomida jasadi xonadonda qolgan.

 

Jinoiy ish Toshkent shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (“b”, “v”, “r”, “o” bandlari) — ya’ni ikki va undan ortiq shaxsni, homilador ayolni, o‘ta shafqatsizlik bilan va aybdorni qasddan o‘ldirish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha aybdor deb topildi.

 

Unga nisbatan 59-modda asosida jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda uka o‘gay akasi va kelnoyisini o‘ldirdi | Zamon.uz