Jahon

Britaniyada harbiylar chiqindi to‘plashga yordam beradi

Ayni paytda 17 ming tonnaga yaqin axlat ko‘chalarda to‘plangan.

Britaniyada harbiylar chiqindi to‘plashga yordam beradi

Britaniya hukumati Birmingem shahrida bir oydan ortiq davom etayotgan chiqindi inqiroziga qarshi kurashishda harbiy kuchlardan yordam so‘radi. The Daily Telegraph nashrining yozishicha, bosh vazir o‘rinbosari Anjela Rayner qurolli kuchlar yordamiga murojaat qilishga qaror qilgan. Ayni paytda shaharda 17 ming tonnaga yaqin axlat ko‘chalarda to‘plangan.

 

Harbiylar chiqindini to‘plashda bevosita ishtirok etmaydi. Ularning vazifasi operativ rejalashtirish va logistika sohasida moddiy-texnikaviy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Nashr manbalariga ko‘ra, agar vaziyat yana-da og‘irlashsa, harbiylar soni ko‘paytirilishi mumkin.

 

Birmingemda chiqindi yig‘uvchilar 11 martdan beri ish tashlamoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, ish tashlashga chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash mutaxassislariga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. Shahar hokimiyati mazkur lavozimni “sanoat standartiga to‘g‘ri kelmaydi” deb baholagan, kasaba uyushmalari esa bu qaror 170 nafar xodimning ish haqidan mahrum bo‘lishi va boshqalarning ham maoshi kamayishiga olib kelishidan xavotirda. Ayni paytda, 1,2 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan shaharda sanitariya va salomatlik bilan bog‘liq favqulodda holat yuzaga kelmoqda.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"