Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi
Prokurorlar ilg‘or chiplar yoki maxfiy ma’lumotlar Xitoyga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

AQShning Kaliforniya shtatida Nvidia kompaniyasiga nisbatan tergov boshlandi. Prokurorlar kompaniyaning ilg‘or chiplar yoki maxfiy ma’lumotlari Xitoyga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.
Kaliforniya bosh prokurori Rob Bonta tergov doirasida Santa-Klara shahrida joylashgan texnologik kompaniyaga ma’lumot taqdim etish bo‘yicha so‘rov yuborgan.
Bonta Politico’ga ma’lum qilishicha, tergov Nvidia’ning ilg‘or chiplar yoki maxfiy kompaniya ma’lumotlari Xitoyga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligi, shuningdek, kompaniya investorlar va jamoatchilikni chalg‘itgan-chalg‘itmaganini aniqlashga qaratilgan.
Tergovga Jensen Huangning AQSh razvedka idoralari tomonidan Xitoyga josuslikda gumon qilingan ayol bilan aloqasi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa ayolning Xitoy razvedkasiga aloqadorligi haqidagi da’volarni tuhmat deb baholagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12-noyabr kuni Jensen Huang Nvidia bosh direktori va prezidenti lavozimlaridan, shuningdek, kompaniya direktorlar kengashidan iste’foga chiqqan.








