O'zbekiston

Islom taraqqiyot banki taʼlim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

Loyiha umumiy qiymati 220,25 million dollarni tashkil etadi.

Islom taraqqiyot banki taʼlim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

2025 yil 13 aprel kuni Saudiya Arabistonida Islom taraqqiyot banki (ITB) va O‘zbekiston hukumati Global taʼlim sherikligi (GPE) tomonidan ko‘rsatilgan yirik grant yordami bilan mamlakatda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining sifatini, inklyuzivligini va samaradorligini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan muhim taʼlim loyihasi bo‘yicha moliyalashtirish kelishuvini imzoladilar.

 

Kelishuv ITB prezidenti Muhammad Al Jassar va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Xilola Umarova tomonidan Ar-Riyaddagi Inson salohiyati tashabbusi (HCI) konferensiyasi doirasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Tadbirda GPE bosh direktori Laura Frijenti ham ishtirok etdi.

 

“Aqlli taʼlim” dasturi ITB va GPE kengashlari tomonidan mos ravishda 2024 yil 15 dekabr va 2023 yil 18 oktyabrda maʼqullangan bo‘lib, bu ITBning O‘zbekiston taʼlim sohasiga qaratilgan eng yirik investitsiyasi hisoblanadi. Loyiha umumiy qiymati 220,25 million AQSH dollarini tashkil etadi, shundan 160,25 million dollari ITB tomonidan moliyalashtiriladi, 40 million dollari GPE granti va 20 million dollari O‘zbekiston hukumatining hissasi hisoblanadi.

 

Ushbu loyiha O‘zbekistonning milliy taʼlim strategiyalari bilan to‘liq muvofiqlashgan bo‘lib, taʼlim tizimining sifatini va samaradorligini oshirishga qaratilgan va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari-4 (SDG-4) ga erishishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, loyiha ITBning 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan strategik qayta tashkil etishining “Inklyuziv inson kapitali rivojlanishi” deb nomlangan 2-pillari bilan ham muvofiq keladi.

 

Besh yillik loyiha doirasida 58 ta zamonaviy maktab qurilishi, 2 431 ta sinfxona yaratilishi, o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlari, o‘quv dasturlarini isloh qilish, talabalarni baholash tizimini takomillashtirish va inklyuziv taʼlimni joriy etish kabi ishlar amalga oshiriladi.

 

Loyiha natijasida 2026 yilgacha O‘zbekistondagi barcha bolalar uchun kompetensiyaga asoslangan, inklyuziv taʼlim tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi va umumiy o‘quv natijalari yaxshilanadi.Bu hamkorlik O‘zbekistonda taʼlim sohasini rivojlantirish va barcha bolalar uchun teng taʼlim imkoniyatlarini taʼminlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Islom taraqqiyot banki taʼlim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi | Zamon.uz