O'zbekiston

“Har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim”

Prezident Andijonda yig‘ilish o‘tkazmoqda.

“Har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

 

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi.

 

“Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi O‘zbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.

 

Bu – islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Andijon hamma sohada islohotlar ijrosiga astoydil kirishib, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlarni tez olib kirayotgan hududlardan biri ekani taʼkidlandi.

 

O‘tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, 51 ta korxona kichikdan o‘rta toifaga o‘tdi, 13 tasi yiriklashdi. Bir yilda 450 ming aholi ishli bo‘ldi.

 

Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad ko‘tardi. Buning hisobiga o‘tgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.

 

“Lekin hayot bir joyda to‘xtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqayapti, oldimizga katta-katta masalalarni qo‘ymoqda”, - dedi Prezident.

 

Shuni hisobga olib, viloyatga qo‘shimcha 1 trillion so‘m yo‘naltirilishi aytildi.

 

Viloyat hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 16 ta shahar va tuman hokimlari aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi surʼatni saqlab qolishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

“Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim”, - dedi davlatimiz rahbari.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim” | Zamon.uz