Moped uchun guvohnoma talabi 1-oktyabrgachga cho'zildi
Avvalroq qonun 1-martdan kuchga kirishi belgilangan edi.

Skuter va moped haydovchilaridan haydovchilik guvohnomaga ega boʻlish talabi 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 393-son qaroriga oʻzgartirish kiritilib, moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025-yil 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.
Maʼlumot uchun, 2024-yil 8-iyuldagi 393-sonli qarorga asosan, 2025-yil 1-martdan moped va skuter boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinishi belgilangan edi.







