O'zbekiston

O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Konferensiya madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Bugun, 16-aprel kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Maqom xonandaligi” kafedrasi tomonidan Sharq va G‘arb an’anaviy musiqasining umumiy va o‘ziga xos jihatlari, musiqiy janrlar va uslublarning uyg‘unlashuv jarayoni, madaniyatlararo aloqalar natijasida paydo bo‘lgan musiqiy yangiliklar va ularning xalq an’analari bilan o‘zaro bog‘liqligi, musiqiy an’analar o‘zaro ta’sirini kuchaytirgan omillar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Buyuk ipak yoʻli davlatlarida anʼanaviy musiqa: Sharq va Gʻarb madaniy aloqalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

 

Mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qo‘yidagi sho‘balar bo‘yicha maqolalar qabul qilindi:

 

  • Buyuk ipak yoʻli davlatlarida anʼanaviy musiqa an’analar va janrlar transformatsiyasi.
  • Sharq va G‘arb xalqlari musiqa madaniyatining o‘zaro integeratsiyasi;
  • Madaniyatlararo hamkorlik natijasida shakllangan musiqiy innovatsion tendensiyalarning xalq an’analari bilan o‘zaro bog‘liqligi.

 

Shuningdek, Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani doirasida ijrochilik maktablarining yirik namoyondalari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’ruza qildi. Ushbu Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 60 dan ortiq turdosh Oliy ta’lim muassasalari hamda Xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

 

 

Sharq va g‘arb xalqlarining an’anaviy musiqa madaniyatidagi o‘zaro integratsiyaning mohiyatini va ahamiyatini ilmiy asosda tadqiq etish, musiqiy an’analar, janrlar, uslublarning o‘zaro ta’sirini tahlil qilish hamda bu jarayonning madaniy rivojlanishdagi o‘rnini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya xalqaro miqyosda madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, musiqiy merosni saqlash va targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Konferensiya musiqiy an’analar va ijodiy tajribalarni o‘rganish orqali yangi istiqbollar ochib, madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi | Zamon.uz