Toshkentda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) tanishlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanishini Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







