O'zbekiston

“Zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lish — haqiqiy sharmandalikdir”

Prezident qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid juda muhim o‘zgartirish kiritilishini tasdiqladi.

“Zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lish — haqiqiy sharmandalikdir”

9-aprel — oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilinganiga ikki yil to‘lgan kunda Prezident qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid juda muhim o‘zgartirish kiritilishini tasdiqladi. Bu haqida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi. 

 

“Buni ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqlarini hurmat qilish yo‘lidagi katta qadam deb hisoblayman. Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, u yerda murosaga kelish, yarashish har qanaqasiga imkonsizdir.

 

Bu nafaqat ayollar, balki shunday sharoitda yashayotgan va tarbiyalanayotgan bolalar uchun ham muhimdir. Qonunchilikka ushbu tuzatishlar kiritilishi ustida ishlagan katta jamoa Siz tomonda.

 

Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, o‘zingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang. Ota-onalar esa shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: qizingizning zo‘ravonlikdan qochib uyga kelishi emas, balki zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lishi — haqiqiy sharmandalikdir”, deb yozdi Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lish — haqiqiy sharmandalikdir” | Zamon.uz