Toshkentda 17–21-aprel kunlari elektr uzilishi bo'ladi
Uzilishlar tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq.

Olmazor va Yunusobod tumanlarida har kuni soat 08:00–18:00 oralig‘ida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu holat “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuchlanishli tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq.
Elektr uzilishi mumkin bo‘lgan joylar:
Olmazor: poliklinika, maktab va bog‘chalar, “Axil”, “Ibrohim ota”, “Qorasaroy” kabi mahallalar, “Akfa Building Materials”, “Tashkent Mebel” kabi korxonalar.
Yunusobod: 52-poliklinika, 52 va 86-maktablar, “Astarobod”, “Nurmakon”, “Registon” mahallalari, “Sanico Group”, “Maxsustrans” va boshqalar.







