Rossiya Ukrainaga ballistik raketa uchirdi
Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina sharqidagi Xarkov shahriga ballistik raketa bilan hujum uyushtirdi. Hujum natijasida bir kishi halok bo‘lgan, 57 kishi jarohat olgan. Bu haqda Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Xarkov viloyati davlat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, zarba shaharning Bazonyan tumanidagi ko‘p qavatli turar-joy binolariga yo‘naltirilgan. Jabrlanganlar orasida besh nafar bola ham bor.
Hozirda vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Qutqaruvchilar va shoshilinch xizmatlar hodisa joyida ishlamoqda. Ahvoli og‘ir bo‘lganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Bu hujum Xarkovda tinch aholiga qarshi so‘nggi haftalarda uyushtirilgan bir nechta zarbalardan yana biri bo‘lib qolmoqda.







