O'zbekiston

Toshkentda nomaʼlum shaxs bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda nomaʼlum shaxs bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, 18-aprel kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markazidan tashvish xabari kelib tushgan. Xabar asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borishganda nomaʼlum fuqaro ko‘rinishidan to‘pponchaga o‘xshagan buyum bilan markaz ishchisidan pul talab qilayotganini guvohi bo‘lishgan.

 

Huquqbuzar xodimlarni ko‘rib markaz oynasini sindirib qochib ketayotgan vaqtda ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqaro qo‘lga olingan. Dastlabki o‘rganishlar jarayonida ushbu fuqaro Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.M. ekanligi, uning qo‘lidagi o‘yinchoq to‘pponchaligi aniqlangan.

 

Holat bo‘yicha voqea joyiga IIO xodimlari chaqirtirilib, fuqaro o‘rnatilgan tartibda Yunusobod tumani IIO FMB ga topshirilgan. Hozirda IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda nomaʼlum shaxs bankni o‘marmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz