Salomatlik

COVID-19 bilan kasallanganlar boshqalarga nisbatan ko‘proq kasal bo‘ladi

O'tkazilgan tadqiqotda 800 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.

COVID-19 bilan kasallanganlar boshqalarga nisbatan ko‘proq kasal bo‘ladi

Amerikalik olimlar o‘tkazgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan kasallangan odamlar keyinchalik boshqa infeksiyalarga 20–50% ko‘proq chalinadi. Ular shamollashni og‘irroq o‘tkazadi, yo‘tal kuchliroq bo‘ladi va uzoq davom etadi. Hatto yengil o‘tgan koronavirus holatlari ham sog‘liqqa uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi.

 

Sent-Luis universiteti (AQSH) olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari T-Online portali orqali e’lon qilindi. Tadqiqotda 800 mingdan ortiq odam ishtirok etgan bo'lib, ularning 200 ming nafari COVID-19 bilan kasallangan. Tahlillarga ko‘ra, koronavirusdan keyingi bir yil ichida bu odamlar virusli, bakterial va zamburug‘li kasalliklar, hamda nafas yo‘llari kasalliklari va o‘pka zararlanishlari bilan ko‘proq kasallangan.

 

Mutaxassislar bu holatning aniq sababini hali ayta olishmagan. Ikkala guruh ham bir xil sharoitda yashagan bo'lsada, faqatgina izolyatsiya yoki karantin bilan bog‘liq tushuntirishlar yetarli bo'lmasligi mumkin.

 

Olimlar COVID-19 immun tizimiga uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, shilliq qavatlarni zararlab, organizmni boshqa infeksiyalar uchun ochiqroq qilib qo‘yishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ular bu mexanizmlarni chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlamoqda.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.