Iqtisodiyot

Dollar so‘nggi 3 yillikdagi eng past darajaga tushdi

Oltin esa yangi rekordlarni o‘rnatmoqda.

Dollar so‘nggi 3 yillikdagi eng past darajaga tushdi

Jahon moliya bozorlarida dollarning zaiflashuvi fonida oltin narxi rekord darajada ko‘tarildi.

 

Spot oltin narxi 1,7 foizga oshib, bir unsiya uchun 3384 dollarni tashkil etdi. Bu oltin uchun butun tarix davomida eng yuqori narx hisoblanadi. Dollarning global valyutalar savdosidagi indeksi esa so‘nggi uch yildagi eng past darajaga tushib ketdi, bu esa oltinning qiymatini yana-da oshirdi.

 

Tahlilchilarning fikricha, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo tarangliklari, shuningdek, global iqtisodiyotda stagflyatsiya (o‘sish susayishi bilan birga inflyatsiya) xavfi oltin narxining ko‘tarilishiga asosiy omil bo‘lmoqda.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp 2 aprel kuni o‘nlab mamlakatlarga “o‘zaro tariflar” joriy etilishini eʼlon qilgandi. Garchi ayrim davlatlarga nisbatan imtiyozlar berilgan bo‘lsada, Xitoy bilan savdo qarama-qarshiligi kuchayib bormoqda. Xitoy o‘zining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishini bildirgan va boshqa davlatlarni AQSH bilan bir tomonlama bitimlardan qaytargan.

 

Tramp, shuningdek, Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauellni tanqid ostiga olib, uning lavozimda qolish-qolmasligini ko‘rib chiqayotganini bildirgan.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Dollar so‘nggi 3 yillikdagi eng past darajaga tushdi | Zamon.uz