O'zbekiston

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmat Qobilov 100 yoshida vafot etdi

Rahmat Qobilov – xalq xotirasida mangu qoladigan qahramon.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmat Qobilov 100 yoshida vafot etdi

 

Kattaqo‘rg‘on tumanining faxrli nuroniylaridan biri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmat Qobilov 100 yoshida vafot etdi.

 

U 1925-yilda tug‘ilgan bo‘lib, yoshligidan og‘ir sharoitlarda mehnat qilgan. 17 yoshida frontga jo‘natilgan Qobilov 363-tankchilar diviziyasi tarkibida Polsha, Chexoslovakiya va Avstriya hududlaridagi janglarda jasorat ko‘rsatgan. Bir necha bor yaralangan bo‘lsa-da, safga qaytgan. Harbiy xizmatni 1950-yilgacha davom ettirgan.

 

U urushdan keyin kolxozda, elektr stansiyasida va aloqa sohasida mehnat qilgan. Oilali bo‘lib, 10 farzand ko‘rgan va yuzdan ortiq nevara-chevaralarning bobosi sifatida el e’tiboriga sazovor bo‘lgan.

 

Rahmat Qobilov tinchlik, halollik va mehnatsevarlik timsoli bo‘lib, yosh avlodga ibrat bo‘ldi. U hayoti davomida davlatimiz tomonidan urush faxriylariga ko‘rsatilgan hurmat-e’tibordan bahramand bo‘lib yashadi.

 

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi arafasida bu ulug‘ insonning xotirasi xalqimiz qalbida abadiy saqlanadi. Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmat Qobilov 100 yoshida vafot etdi | Zamon.uz