Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi
U FVV xodimlari tomonidan qutqarilgan.

Kecha, soat 09:45 da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan.
Qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida Cobalt rusumli avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.







