Buxoroda 11 yoshli bola o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Buxoro shahridagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
“Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi”, deyiladi xabarda.







