Iqtisodiyot

O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

Mamlakat 133 ta davlat orasida 80-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

Garvard universitetining O‘sish laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini eʼlon qildi. Ushbu indeks asosida mamlakatlarning texnologik murakkablik va eksport xilma-xilligi bo‘yicha reytingi tuzilgan.

 

Harvard Growth Lab (Garvard universitetining fanlararo loyihasi) tahlilchilari joriy yil aprel oyida 2023 yil maʼlumotlarini qo‘shib, iqtisodiy murakkablik atlasini yangiladi hamda dunyoning 133 ta iqtisodiyotini qamrab olgan Iqtisodiy murakkablik indeksi qiymati bo‘yicha mamlakatlar reytingini taqdim etdi.

 

O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida o‘z o‘rnini sezilarli darajada yaxshilab, so‘nggi 5 yil ichida 25 pog‘onaga ko‘tarildi va 133 mamlakat orasida 80-o‘rinni egalladi.

 

Reytingda O‘zbekiston 80-o‘rinni, Turkiya 44-o‘rinni, Vyetnam 53-o‘rinni, Qozog‘iston 84-o‘rinni (6 pog‘ona pastladi), Rossiya 94-o‘rinni (5 pog‘ona pastladi), Tojikiston 124-o‘rinni (5 pog‘ona ko‘tarildi), Turkmaniston 126-o‘rinni (12 pog‘ona pastladi) egalladi. Birinchi uchlikka quyidagi davlatlar kirdi: 1-o‘rin - Shveysariya, 2-o‘rin - Yaponiya, 3-o‘rin - Singapur.

 

Mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror o‘sishni namoyish etib, eksport yiliga o‘rtacha 20,5 foizga oshmoqda. Bu mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi o‘sish surʼatlaridan ancha yuqori. Shu bilan birga, xomashyo resurslaridan tashqari tayyor mahsulotlar eksporti yiliga 21,9 foizga o‘sib, o‘rtacha jahon o‘sishidan o‘zib ketdi.

 

5 yil ichida eksportning o‘sishiga o‘rta darajada qayta ishlangan sanoat tovarlari eng katta hissa qo‘shmoqda. Ishlab chiqarish murakkab bo‘lgan mahsulotlar orasida transport vositalari (89%), sanoat uskunalari (77%), elektrotexnika (59%) bo‘yicha yuqori o‘sish surʼatlari kuzatilmoqda.

 

O‘zbekiston o‘zining eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qo‘shdi. Bu 2,1 milliard dollar daromad keltirdi va diversifikatsiya hamda raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha strategiya muvaffaqiyatli ekanini tasdiqladi. Ushbu mahsulotlar 2023 yilda aholi jon boshiga 59 dollar daromad keltirdi.

 

Harvard Growth Lab o‘tkazgan tahlilga ko‘ra, O‘zbekiston jahon bozorida raqobatbardosh ustunliklarga ega bo‘lgan 162 turdagi mahsulotga ega. Bu uning global iqtisodiyotdagi salohiyatini ko‘rsatadi.

 

2033 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘rtacha yillik o‘sishi 5,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu o‘sish surʼatlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rin hisoblanadi.

 

Keyingi o‘n yillikda Vyetnamda o‘rtacha yillik o‘sish surʼatlari 3,6 foizni, Tojikistonda - 4 foizni, Qirg‘izistonda - 3,9 foizni, Gruziyada - 3,6 foizni, Qozog‘istonda - 3,6 foizni, Armanistonda - 3,3 foizni, Bangladeshda - 3 foizni, Turkmanistonda - 2,7 foizni, Belarusda - 2,4 foizni, Ozarbayjonda - 2,2 foizni, Rossiyada - 1,1 foizni tashkil etadi.

 

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi kabi kam samarali sohalardan elektronika va mashinasozlik kabi yuqori samarali sohalarga resurslarni yo‘naltirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilishni davom ettirmoqda.

 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.