Salomatlik

Tirnoq belgilari orqali kasalliklarni aniqlash mumkin

Tirnoqdagi o‘zgarishlar saraton va boshqa kasalliklardan ogohlantiradi.

Tirnoq belgilari orqali kasalliklarni aniqlash mumkin

 

Taniqli portugaliyalik dermatolog Andrey Malvestiti tirnoqlardagi o‘zgarishlar orqali ba’zi xavfli kasalliklarning ilk belgilarini aniqlash mumkinligini ma’lum qildi.

 

Mutaxassisning aytishicha, inson tirnoqlarining holatiga e’tibor qaratish sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolarni erta bosqichda aniqlash va choralar ko‘rishga yordam beradi. Ayniqsa, rang, shakl va tuzilishdagi o‘zgarishlar muhim signal bo‘lishi mumkin.

 

Malvestitining so‘zlariga ko‘ra, tirnoqlarda uchraydigan oq yoki binafsha dog‘lar ko‘pincha xavfli emas. Masalan, binafsha dog‘lar asosan mayda qon ketishlari bilan bog‘liq jarohatlar natijasi bo‘lishi mumkin. Biroq, agar tirnoqda qora, jigarrang yoki kulrang dog‘lar paydo bo‘lsa, bu teri saratoni kabi jiddiy holatlardan ogohlantirishi mumkin.

 

Shuningdek, tirnoq plastinkasining tozalanishi yoki ajralib chiqishi qo‘ziqorin infektsiyasi, kimyoviy moddalarga allergik reaksiya yoki boshqa dermatologik muammolarga ishora qiladi.

 

Dermatologning ta’kidlashicha, bemorlar orasida eng ko‘p uchraydigan shikoyatlardan biri – tirnoqlarning mo‘rtlashishi va silliqligini yo‘qotishi. Bu holat keksalikda tabiiy jarayon sifatida qaralishi mumkin bo‘lsa-da, ayrim hollarda u qalqonsimon bez kasalliklari, periferik qon aylanishi buzilishi, qandli diabet, temir tanqisligi anemiyasi, toshbaqa va atopik dermatit kabi kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.