Iqtisodiyot

Xitoydan O‘zbekistonga ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

Ushbu temir yo‘l yo‘nalishi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.

Xitoydan O‘zbekistonga ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

Xitoyning Chunsin shahridan O‘zbekistonga ilk bor mahalliy ishlab chiqarilgan poliefir granulalari yuklangan poyezd yo‘lga chiqdi. Bu tarixiy hodisa ikki davlat o‘rtasidagi logistika hamkorligida yangi bosqichni boshlab berdi.

 

Yangi yo‘nalish Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi yirik sanoat markazi bo‘lgan Chunsindan Markaziy Osiyo mamlakatlariga, xususan O‘zbekistonga, temir yo‘l orqali muntazam yuk tashishni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa savdo hajmini oshirib, yuk tashishda tezlik va qulaylikni ta’minlashi kutilmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, ushbu temir yo‘l yo‘nalishi nafaqat iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, balki butun mintaqada transport logistikasi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi doirasidagi hamkorlikning yana bir amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Xitoydan O‘zbekistonga ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi | Zamon.uz