Davlat ulushi bo‘lgan yirik korxonalar xususiylashtiriladi
Davlat UMS, UzAuto Motors va Uzbekistan GTL ulushlarini sotadi.

Prezident qaroriga binoan, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish jarayoni boshlangan.
Qarorga ko‘ra:
- Davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari nufuzli xalqaro konsultantlar ishtirokida ommaviy savdoga chiqariladi;
- 12 ta korxonaning aksiyalari xalqaro va mahalliy fond bozorlarida IPO yoki SPO orqali taklif qilinadi;
- 2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligi kafolatli yetkazib berish sharti bilan issiqlik elektr stansiyalarini savdoga qo‘yadi;
- 2025-yil 1-dekabrgacha 2030-yilgacha bo‘lgan xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Ommaviy savdoga chiqariladigan yirik korxonalar orasida UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL, O‘zagrosug‘urta, Toshkent traktor zavodi va boshqa muhim kompaniyalar bor.







