Davlat xaridlarida korrupsiya xavfiga qarshi choralar kuchaytirilmoqda
Endilikda davlat xaridlaridagi ortiqcha xarajatlar uchun mansabdorlar javobgarlikka tortiladi.

Davlat xaridlarida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlar va korrupsiya xavflarining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda yangi tartiblar joriy etilmoqda. Endilikda bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, Oliy Majlisga har yili davlat byudjetidan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiya xavfini baholash bo‘yicha tizimli tahlillar o‘tkazilishi tavsiya etilgan. Bu tahlillar asosida korrupsion holatlarni kamaytirish va ortiqcha xarajatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.








