Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha reja tayyorlandi
Hujjat Londonda muhokama qilinadi.

AQSH Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha 7 banddan iborat reja tayyorladi. Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.
Hujjat Londonda muhokama qilinadi. Asosiy mazmunga ko‘ra, AQSH Qrim ustidan Rossiya suverenitetini rasman, qolgan hududlarni esa amaliy tarzda tan olishi mumkin.
Rejaning dastlabki ikki bandida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish va Ukraina hamda Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklif etilgan. Xabarda aytilishicha, Zelenskiy bu taklifga allaqachon rozilik bildirgan.
Uchinchi bandda Ukraina NATOga qo‘shilishdan voz kechishi kerakligi, biroq YEIga aʼzo bo‘lish imkoniyati saqlanishi ko‘rsatilgan.
To‘rtinchi band — AQSH Qrim ustidan Rossiya suverenitetini de-yure tan olishi taklif etiladi.
Beshinchi bandga ko‘ra, Zaporojye AES nazorati AQSHga o‘tadi.
Oltinchi bandda Ukraina AQSH kompaniyalariga o‘z tabiiy resurslariga yetarli darajada kirish imkonini beradigan kelishuv imzolashi nazarda tutilgan.
Yettinchi band AQSH-Rossiya munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish, sanksiyalarni bekor qilish va energetika sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan.
Mutaxassislar fikricha, bu reja Kiyev uchun og‘ir siyosiy signal bo‘lib, G‘arb Ukrainadan tobora yuz o‘girmayaptimi, degan savolni o‘rtaga tashlayapti.







