Gulnora Karimovaning 95 mln dollari O‘zbekistonga qaytarilgan
Yana 108 mln dollar pul O‘zbekistonga qaytarilishi kutilmoqda.

Gulnora Karimova noqonuniy o‘zlashtirgan Shveysariyadagi mablag‘lardan 95 mln dollari O‘zbekistonga qaytarilgan. Bu haqida bugun, 24 aprel kuni Olmaliq shahrida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov maʼlum qildi.
Maʼsulga ko‘ra, musodara qilingan 131 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ayni paytgacha mamkalatga kelib tushgan 87 mln dollarlik mablag‘lar sog‘liqni saqlash va taʼlimga sarflanmoqda (har bir sohaga 43,5 mln dollardan).
“Gulnora Karimova noqonuniy o‘zlashtirgan mablag‘lardan Belgiyadagi 108 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilishi kutilmoqda. Bu bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti”, — deydi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov







