Jahon

Isroilda kuchli issiqlik tufayli o'rmon yong'inlari boshlandi

Hozirda evakuatsiya ishlari davom etmoqda.

Isroilda kuchli issiqlik tufayli o'rmon yong'inlari boshlandi

 

Isroilda havo haroratining g‘ayritabiiy darajada ko‘tarilishi natijasida bir nechta hududlarda o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Bu hodisa so‘nggi yillarda kuzatilgan eng og‘ir vaziyatlardan biri sifatida baholanmoqda.

 

Yong‘inlar ayniqsa Bayt Shemesh yaqinidagi hududlarda kuchli tarqalmoqda. Ma'lum qilinishicha, yong'in xavfi sababli bir nechta aholi punktlarida evakuatsiya ishlari boshlangan.

 

Evakuatsiya qilingan hududlar qatorida Tarum, Beyt-Meir, Eshtaol, Mesilat-Sion, Pedaya va Petaxiya kabi shaharchalar mavjud. Aholi kuchli va tez tarqaluvchi olovdan qochib, uylarini shoshilinch tark etishga majbur bo‘lmoqda.

 

Isroil yong‘in xizmati olovning turar-joylarga yetib borishining oldini olish maqsadida barcha kuchlarni safarbar qilgan. Mahalliy rasmiylar aholiga hushyorlik va zudlik bilan evakuatsiya ko‘rsatmalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.