O'zbekiston

Prezident bugun Buxoroga boradi

Davlat rahbari tashrif davomida tarixiy meros, turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi.

Prezident bugun Buxoroga boradi

 

Bugun, 3-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tashrif davomida davlat rahbari tarixiy merosni asrash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi.

 

Ikki kunlik tashrif doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va ularning qurilishini boshlash marosimlarida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.