Jahon

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

 

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, 2024–2025-yillarda dunyo bo‘ylab kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda 189 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022–2023-yillarga nisbatan 20 foizga ko‘p.

 

Bu raqamlar tashkilot bosh direktori Xolid El-Ananining jurnalistlar xavfsizligi va ularga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan hisobotida keltirilgan.

 

Hisobotga ko‘ra, halok bo‘lgan jurnalistlarning 127 nafari qurolli mojaro hududlarida o‘ldirilgan. Ularning 40 foizi dron hujumlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Jurnalistlar o‘limi eng ko‘p Falastinda — 62 nafar, Meksikada — 17 nafar va Sudanda — 14 nafar qayd etilgan. Ukrainadagi mojaro esa 12 nafar OAV xodimining hayotiga zomin bo‘lgan.

 

Hisobotda mahalliy va xalqaro urush muxbirlari tobora kuchayib borayotgan xavflarga duch kelayotgani qayd etilgan. Xususan, to‘qnashuvlar va front chizig‘idan uzoqda amalga oshirilgan hujumlar jurnalistlar hayotiga tahdid solmoqda. To‘rtta mamlakatdagi mojaro hududlarida vaqtinchalik media markazlari va ish joylariga qilingan hujumlarda 36 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Shunday holatlardan birida bir hujumning o‘zida to‘qqiz nafar jurnalist vafot etgan.

 

YUNESKO so‘nggi 20 yil ichida dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalistning o‘limini qayd etgan. Biroq ushbu jinoyatlar bo‘yicha tergovlar atigi 14 foiz holatda yakunlangan.

 

Shu bilan birga, qurolli mojarolar bo‘lmagan mamlakatlarda jurnalistlarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha tugallanmagan tergovlar ulushi 2012-yildagi 94 foizdan 2026-yilda 77 foizga kamaygan.

 

“Matbuot erkinligiga sodiqlik bugun har qachongidan ham dolzarb. U mojaro zonalarida ham, tinch hududlarda ham jiddiy tahdid ostida qolmoqda va jurnalistlar buning uchun yuqori narx to‘lashda davom etmoqda”, — dedi YUNESKO bosh direktori Xolid El-Anani.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.