AQSh Rossiyadan Ukrainani qurolsizlantirish rejalaridan voz kechishni talab qilmoqda
Tinchlik shartnomasida Ukraina armiyasi huquqi kafolatlanishi kerak.

Xabar berishlishicha, AQSh hukumati Rossiyaga Ukraina o‘z qurolli armiyasi va mudofaa sanoatiga ega bo‘lish huquqiga ega ekanini tan olishni talab qilmoqda. Bu talab Moskva va Kiyev o‘rtasida kelishilishi mumkin bo‘lgan tinchlik shartnomasida qayd etilishi kerak.
Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida aynan shu masalani ko‘tarishi kutilmoqda.
“Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqchilari talab qilganidek, Kiyev zamonaviy, to‘laqonli qurollangan armiyaga ega bo‘lishi kerak. Bu esa, Putin uchun muhim harbiy maqsadlardan biri bo‘lgan Ukrainani qurolsizlantirish rejasidan voz kechish zaruratini tug‘diradi”, – deb ta'kidlanadi.







