O'zbekiston

Namangandagi bog‘chada tarbiyachi bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi

Shundan so‘ng muassasa faoliyati to‘xtatilgan.

Namangandagi bog‘chada tarbiyachi bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi

Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan noqonuniy bog‘chada ro‘y bergan achinarli holat jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yoshli qizaloqning oyog‘ini kuydirib qo‘ygan.

 

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) tomonidan o‘rganilgan holatga ko‘ra, voqea joriy yilning 23 aprel kuni Pop tumanida yuz bergan. Fuqaro R.M. o‘zining 2023 yil noyabrda tug‘ilgan qiz farzandini vaqtincha parvarish qilish uchun S.S. ismli ayolga topshirgan. Bir necha vaqt o‘tgach, farzandini olishga borganida bolaning oyog‘i kuyganini ko‘rgan.

 

Shifokorlar tomonidan bolaga vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani aniqlangan va bu holat bolaning onasi bilan tarbiyachi o‘rtasida janjal kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

 

Namangan viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro S.F. Pop tumani “Bog‘” MFY hududida o‘z uyida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va litsenziyasiz tarzda taʼlim-tarbiya faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Hozirda noqonuniy bog‘cha faoliyati to‘xtatilgan bo‘lib, holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun barcha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namangandagi bog‘chada tarbiyachi bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi | Zamon.uz