Rossiya Ukraina masalasida kelishuvga erishishga tayyor,
Ammo bitimning to‘liq ishlab chiqilmagan elementlari bor.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov CBS News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha kelishuvning ayrim bandlari qayta ko‘rib chiqish talab qilinishini aytdi.
“AQSH prezidenti Donald Tramp bizni to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizni tushunadi. Trampning bayonotida kelishuv haqida so‘z boradi va biz uni tuzishga tayyormiz. Ammo ushbu bitimning hali to‘liq ishlab chiqilmagan ayrim elementlari bor, biz aynan shu jarayon bilan shug‘ullanmoqdamiz”, — deya tushuntirdi Lavrov.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining fikricha, tomonlar “to‘g‘ri yo‘nalishda” bormoqda.
“Chunki AQSH prezidenti Donald Tramp bu muammoning asl sabablarini bartaraf etish zarurligini tan olgan dunyodagi yagona yetakchi”, — deya qo‘shimcha qildi Lavrov.







