Jahon

Ukraina Tramp rejasiga javoban o‘z tinchlik shartlarini e’lon qildi

Tinchlik taslim bo‘lish emas, huquq asosida bo‘lishi kerak.

Ukraina Tramp rejasiga javoban o‘z tinchlik shartlarini e’lon qildi

 

Ma'lum qilinishicha, Londonda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi AQSh tomoniga o‘z tinchlik takliflarini rasman taqdim etdi. Ukraina mazkur rejani “taslim bo‘lish emas, balki xalqaro huquq asosida tuzilishi kerak bo‘lgan hujjat” sifatida ko‘rmoqda.

 

Ukraina tomonidan ilgari surilgan asosiy besh talab quyidagilar:

 

1. Qrim anneksiya qilingan hudud sifatida tan olinmasligi kerak. Ukraina ushbu yarimorolni hech qachon Rossiya hududi deb qabul qilmasligini ta’kidlamoqda.

 

2. Hududiy ustuvorlik evaziga aniq xavfsizlik kafolatlari talab qilinadi. Hatto vaqtincha yerlar ustidan nazorat yo‘qolgan taqdirda ham, buning o‘rniga xalqaro hamjamiyatdan qat’iy xavfsizlik kafolatlari olinishi lozim.

 

3. Ukraina global taraqqiyot markaziga qaytishi kerak. Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan xalqaro tizimga to‘liq integratsiyalashuvi muhim deb topilmoqda.

 

4. Agar Rossiya Qrimni saqlab qolsa, bu boshqa mintaqalarga ham tahdid soladi. Xususan, Turkiya, Ruminiya va Bolgariya xavfsizligi xavf ostida qolishi mumkin.

 

5. Ukraina o‘z mudofaa salohiyatini cheklashga rozi emas. Qurolli kuchlar va harbiy sanoatni cheklash Rossiyaning talablaridan biri bo‘lsa-da, Kiyev buni qat’iyan rad etmoqda.

 

Bu takliflar fonida Ukraina muzokaralar jarayonining faqat teng asosda va xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan holda olib borilishini istamoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

Jurnalistlar uchun xavf ortmoqda: ikki yilda 189 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi

YUNESKO so‘nggi 20 yilda dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.