Namanganda 3 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi
U FVV xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

26-aprel kuni soat 16:15 da 112 qisqa raqami orqali Namangan viloyati, Uychi tumani “Xo‘jaobod” mahallasida yashovchi fuqaro 2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘li nazoratsiz qolishi oqibatida yashash uyi hududidagi hojatxonaga tushib ketganligi haqida xabar bergan.
Mazkur murojaat asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borishgan. Olib borilgan qutqaruv harakatlari natijasida bola hojatxonadan sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.







