O'zbekiston

“15 oy aliment to‘ladim, ammo 15 oylik qarzdor bo‘ldim”

Zamon.uz aliment bo’yicha murojaatni o’rgandi.

“15 oy aliment to‘ladim, ammo 15 oylik qarzdor bo‘ldim”

 

Qashqadaryolik erkak sobiq rafiqasining iltimosiga ko‘ra 2024-yil boshidan БУЁН aliment pullarini uch xil karta raqamiga va Paynet agenti orqali o‘tkazganini aytmoqda. Ammo, sobiq rafiqasi uni aliment to‘lovlarini umuman to‘lamaganlikda ayblamoqda. To‘lovlar Majburiy ijro byurosi tizimida qayd etilmagani sababli, endi unga 15 oylik qarzdorlik yuklanmoqda.

 

Zamon.uz’ga Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani fuqarosi A.U. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko‘ra, 2 nafar farzandi bor fuqaro A.U. aliment to‘lovini 2024-yil boshidan 2025-yil aprel oyigacha sobiq xotinining taklifi bilan uning boshqa karta raqamiga va naqd pul ko‘rinishida to‘lab kelganini ma’lum qildi:

 

– Sobiq rafiqam maxsus bank kartasini yo‘qotib qo‘yganini va MIB xodimlarini aralashtirmasdan, to‘lovni o‘ziga to‘lashim mumkinligini aytdi. Men ham rozi bo‘ldim. Jami 15 oylik aliment pulini sobiq xotinim yuborgan 3 xil bank kartasi raqamiga o‘tkazdim. Pulning taxminan 10 oyligini mahallamdagi Paynet agenti orqali to‘laganman. Ammo, Paynetdan faqat 3 dona chek olganman, xolos. Oradan shuncha vaqt o‘tib, endi xotinim da’vo qilishni boshladi. Meni 15 oy davomida butunlay to‘lov to‘lamaganlikda ayblamoqda. Paynet agentiga cheklarni qayta berishini aytganimda, bazadan o‘chirib yuborilganini aytdi. Men bu vaziyatda qanday yo’l tutishni bilmayapman, – deydi murojaatchi.

 

Murojaatining sababi esa oilaviy sharoitining og‘irligi ekanini aytib izohladi. Bundan tashqari, ikkinchi oilasi va 1 nafar farzandi bor. Murojaat yuzasidan uning sobiq ayoli G.X.: – Men hech narsani bilmayman, erim to‘lashi kerak, tamom, – deya vaziyat bo‘yicha fikr bildirishdan bosh tortdi.

 

Vaziyat xususida Paynet bosh ofisi mas’ul xodimi quyidagicha bayonot berdi: – Hech qaysi elektron to‘lov izsiz ketmaydi. Bizga mijozning shaxsan o‘zi aloqaga chiqib, shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlari bilan, to‘lovni amalga oshirgan karta yoki bank hisob raqamini taqdim etsa, biz o‘tkazmalar tarixini to‘liq aytib bera olamiz. Bu bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q.

 

2020-yil 24-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6118-sonli farmoniga binoan, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilish yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Va ushbu tizimga aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i integratsiya qilinadi. Majburiy ijro byurosi ish yurituvidagi aliment undiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijro ishlari yuzasidan undiruvchilarga AT Aloqabank tomonidan maxsus plastik kartalar ochiladi.

 

Ushbu kartalar MIB portal tizimiga integratsiya qilingan bo‘lib, amalga oshirilgan to‘lovlar avtomatik tarzda hisob-kitob qilib boriladi. MIB respublika matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov quyidagicha fikrda: “Mazkur vaziyatda Aloqabank kartasi yo‘qotilgan taqdirda ham undiruvchi bankka murojaat qilib, yangi karta olishi mumkin. Aliment to‘lovlarining maxsus bank kartalari orqali to‘lanish jarayoni dasturiy ta’minot tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Natijada inson omili aralashuvi bo‘lmaydi va undiruvchi hamda qarzdorga qo‘shimcha ovora bo‘lish yuklanmaydi”. Mirobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi Ahrolxon Rustamxo‘jayev: “Murojaatchi ushbu holatda esa aliment pullari bir nechta bank kartasi va naqd pul ko‘rinishida to‘langani bois, MIB portal dasturida yig‘ilib qolgan qarzdorlikni undiruvchining tilxati asosida ham tugatish imkoniyati mavjud.

 

Agar undiruvchi tilxat yozishdan bosh tortsa, to‘langan to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar byuroning tegishli hududiy bo‘limiga taqdim etilsa, davlat ijrochisi tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, qarzdorlikni yakunlash choralari ko‘riladi. Biroq naqd pul orqali to‘langan to‘lovni undiruvchining tilxatisiz isbotlashning iloji yo‘q”.

 

Gavhar Ziyodullayeva, jurnalist

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“15 oy aliment to‘ladim, ammo 15 oylik qarzdor bo‘ldim” | Zamon.uz