O'zbekiston

29-aprel uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Respublikada havo o'zgarib turadi, ayrim hududlarda yomg'ir yog'ishi kutilmoqda.

29-aprel uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

 

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi qum-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi qum-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi qum-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"