Navoiyda “batut” shamolda uchib ketdi
Oqibatda elektr yoritish ustunlariga zarar yetgan.

Kecha, 27 aprel kuni soat 14:45 da Nurota tumani “Shahriston” MFYda joylashgan “Nurota” mexmonxonasining old ochiq maydonida o‘rnatilgan batut shamol tufayli uchib ketdi.
Shundan so‘ng u avtomobil yo‘lining qatnov qismiga chiqqan va elektr yoritish ustuniga zarar yetkazgan. Vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda batutda hech kim bo‘lmagan. Hodisa oqibatlari zudlik bilan tegishli xizmatlar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida tan-jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat yuzasidan FVBga xabar kelib tushmagan.







