Toshkentdagi omborxonada yong‘in yuz berdi
Unga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Bugun, 28 aprel kuni soat 07:00 da Mirobod tumani “Abdurauf Fitrat” MFYda joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:33 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 500 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







