O'zbekiston

Transyog‘lar infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin

Bu har yili 300 mingga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Transyog‘lar infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin

Tezpishar taomlar — yoshlar orasida eng ommalashgan yeguliklar. Shu bois “fast-fud”, yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka frisi, chips, qolaversa, turli qandolatlarning bozori chaqqon.

 

Tahlillarga ko‘ra, ular tarkibida transyog‘lar miqdori haddan ziyod ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5 milliard odam ushbu yog‘larning zararli taʼsiridan himoyalanmagan. Bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi.

 

Shu singari taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan transyog‘lar har yili sayyoramiz bo‘yicha 300 mingga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

 

— Transyog‘lar — organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. — Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

 

Ular sanoat usulida ishlov berilgan yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘ kislotasi hisoblanadi. Bu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechenye va piroglarda mavjud. Shuningdek, kavsh qaytaruvchi hayvonlar go‘shti va sutida tabiiy holda uchraydi. Ammo har ikki turdagisi ham sog‘lik uchun zararli.

 

Yog‘lar hujayra membranalari va boshqa biologik strukturalarning hosil bo‘lishi uchun “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi. Agar ular sunʼiy sintezlangan trans shaklga ega bo‘lsa, organizmda moddalar almashinuvi jarayoniga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Xususan, tanada zararli xolesterin miqdorini oshiradi, yaʼni past zichlikdagi lipoproteinlar qon tomirlari devorida tiqin hosil qilib, ularni toraytiradi. Natijada organizmda qon aylanishi va hayotiy muhim organlarni qon bilan taʼminlash jarayoni izdan chiqadi. Oqibatda infarkt, insult va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi turli xavfli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

 

Shuningdek, transyog‘lar yallig‘lanish jarayonlarini tezlashtirb, qandli diabet va onkologik xastaliklar rivojlanish xavfini ham oshiradi.

 

Shu sababli JSST ushbu turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qilinmoqda. Yaʼni, kunlik ratsionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar ulushi 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Lekin bugun ayrim yeguliklar tarkibida bu turdagi yog‘lar miqdori kunlik normadan 200 baravar ortiqni tashkil qilmoqda.

 

Shunday ekan, bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – transyog‘lar isteʼmolidan butunlay voz kechish yoki ular miqdorini minimal darajada kamaytirishdir.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Transyog‘lar infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin | Zamon.uz