Lifestyle

AQShdagi restoranlardan birida ichimlik ichidan ilon chiqdi

Vahimaga tushgan mijoz restoranni tark etgan.

AQShdagi restoranlardan birida ichimlik ichidan ilon chiqdi

Virjiniya shtatining Sandston shahrida joylashgan “Patron Mexican Restaurant and Cantina” restoranida hayratomuz va dahshatli voqea yuz berdi. Karletta Endryus ismli ayol buyurtma qilgan kokteyldan ilon bolasi chiqib, uni hayratga soldi.

 

People nashrining yozishicha, ilon ichimlik ichida harakatlana boshlagan. Restoran xodimlari sudraluvchini tayoq yordamida olib tashlashga uringan, biroq bunga erisha olishmagan.

 

Muassasa rahbariyati Endryuga boshqa stolga o‘tishni taklif qilgan bo‘lsa-da, kuchli qo‘rquvga tushgan ayol restoranni zudlik bilan tark etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"